Moliyaviy iste'mol krediti - 3 yilgacha muddatga markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan ustama foiz bilan eng kam ish haqining 150 baravarigacha bo’lgan miqdorda O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun ajratiladi (Iste'mol kreditidan foydalanuvchilar yosh oila bo’lsa imtiyozlarga ega bo’lishlari mumkin).
Ta'lim kredit - oliy o’quv yurtlarida tahsil olishda o’quv kontraktlarini to’lab berilishi uchun bakalavr yo’nalishiga 10 yil, magistratura yo’nalishiga 5 yilgacha muddatga markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan ustama foiz bilan o’quv kontrakt summasining miqdoridan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Ipoteka krediti - kreditlar, kredit muddatini hisobga olgan holda mehnat qobiliyatiga layoqatli, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan doimiy ish joyi hamda o’z faoliyati natijasidan olinadigan daromad va boshqa rasmiy daromad manbalariga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi.
Yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigacha;
Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha.Kredit muddatiga mazkur Tartibga asosan umumiy tartibda ajratiladigan kreditlarga 1 yil imtiyozli davr belgilanadi.
Qarz oluvchining o’z mablag’lari miqdoridan qat'iy nazar (lekin uy-joy qiymatidan 25 foizdan kam bo’lmagan miqdorda), ipoteka krediti 15 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan bankning o’z mablag’lari, boshqa moliya institutlaridan jalb qilingan kredit liniyalari mablag’lari hamda boshqa manbalar hisobidan ajratiladi.
"2012 YIL - MUSTAHKAM OILA YILI"DA YANGI KREDIT TURLARI
"KELAJAKKA INTELLEKT INVESTISIYA" KREDITI
Kelajakka intellekt investisiya krediti - oila farzandlarini ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, intelektual salohiyatini oshirish, oliy o’quv yurtlariga kirishga tayyorgarlik ko’rish uchun o’quv markazlarida bilim olish, chet tillari va kompyuter savodxonligini o’rganish, sport to’garaklariga qatnashish va kasb-hunar o’rganishi maqsadida ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash uchun pul o’tkazish yo’li bilan 18 oy muddatgacha eng kam ish haqining 50 barobarigacha bo’lgan miqdorda ajratiladigan kreditlar.
Kredit mablag’lari ko’chiriladigan o’quv markazlari ushbu faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin bo’lgan maxsus lisenziyaga ega bo’lishlar lozim.
Kredit ta'minoti sifatida:
- Doimiy ish joyiga ega bo’lgan ota-onalar yoki yaqin qarindoshlarning oylik maoshlaridan qoplanishi bo’yicha jismoniy shaxs kafilligi ;
- uchinchi shaxslar kafilligi;
- mol-mulk va qimmatli qog’ozlar garovi;
- qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta'minlanishi mumkin.
QUYOSH BATAREYALARI UCHUN MOLIYAVIY ISTE’MOL KREDITI
Quyosh batareyalari uchun iste'mol kreditlar - aholiga qulayliklar yaratish maqsadida muqobil elektr-energiyadan foydalanishlari uchun O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan quyosh batareyalarini xarid qilishga 24 oy muddatgacha markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan ustama foiz bilan eng kam ish haqining 150 barobarigacha bo’lgan miqdorda ajratiladi.
Quyosh batareyalari faqat quyosh nurlari va yoruqligidan energiya olgan holda muqobil ishlovchi mustaqil elektr manbaiga aylanadi.
Jismoniy shaxslar.
Manzil: 100096, Toshkent shahar Lutfiy ko`chasi, 14.
Tel.: (+998 71) 273-05-86
Faks: (+998 71) 273-05-86
Kredit olish uchun bankka qarz oluvchi quyidagi xujjatlarni taqdim etadi:
- ariza;
- o’z daromadlari yoki depozitda mavjud pul mablag’lari to’g’risidagi ma'lumotnoma;
- xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bilan shartnoma hamda ushbu tashkilotning litsenziyasi va guvohnomasidan nusxa;
- kredit ta'minoti (yuqorida ko’rsatilgan ta'minot turlaridan biri);
- kredit oluvchi ko’rsatilayotgan xizmatlardan foydalanuvchi hamda kafil bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli qarori.
Bepul.
Bank bilan kelishilgan xolda.
Shaxsan.
Kredit olish.
Kerakli hujjatlarni taqdim etilmagan hollarda.
Tegishli joyga murojaat qilish.
Yuborilmoqda...