Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!

Xizmat haqida


“SMS-To’lov” tizimi O’zbekiston Respublikasining “Elektron to’lovlar to’g’risidagi” Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida elektron tijoratni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash uchun ishlab chiqildi. “SMS-To’lov” ning ustuvorligi uning yordamida istalgan turdagi mobil aloqa, Internet shuningdek SMS vositasida naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirish mumkinligidir.





Bizning tizim yordamida ozingizning bank plastik kartochkangizdagi mablag’lardan maksimal imkoniyatda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz. “SMS-To’lov” tizimi orqali turli xildagi tovar va xizmatlar uchun onlayn to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun siz bir marotaba sizga xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga o'zingizning passport va mobil telefoningiz bilan tashrif buyurishingiz va “SMS-To’lov” tizimida ro’yxatdan o’tishingiz lozim. Bank xodimi bir necha daqiqa ichida Sizni va sizning mobil telefon raqamingizni tizimda ro’yxatdan o’tkazib, mobil telefoningizga mahsus ilova o'rnatadi hamda Sizga qat’iy sir tutishingiz lozim bo’lgan unikal login va parol taqdim etadi. Bu Sizning mobil telefoningiz bank plastik kartochkangizga ulanganini bildiradi.



Biz o’zimizning mobil telefonimizdan aloqa, foto kamera yoki mp3 qurilmasi sifatida foydalanishga ko’nikib qolganmiz, lekin to’lov vositasida sinab ko’rmaganmiz. Bank tomonidan o’rnatilgan mobil ilova yordamida Internet aloqasisiz bir necha soniya ichida istalgan turdagi Tovar va hizmatlar uchun to’lov amalga oshirishingiz mumkin.



“SMS-To’lov” tizimidan foydalangan holda quyidagi xizmat turlari uchun to’lov amalga oshirish mumkin:



  • Mobil aloqa xizmatlari - Beeline, Ucell, Perfectum Mobile,

  • Internet provayderlar xizmatlari - Sarkor ADLS, Ars-Inform, TPS, Buzton, Sharq telekom,

  • Kommunal xizmatlar – elektrenergiyasi, yer va mulk solig’i.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar

Tashkilot

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki

Bog`lanish

Manzil: 100096, Toshkent s., Lutfiy ko`chasi, 14.



Tel.: (+998 71) 273-05-86



Faks: (+998 71) 273-05-86



Ishonch Telefoni: (+998 71) 150-56-47

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • shaxsni tasdiqlovchi pasport;

  • mobil telefon.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Qonuni 2005 yil 16 dekabr, O'RQ–13-son "Elektron to'lovlar to'g'risida"


Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Bir lahzada.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Sms-to`lov tizimiga ulanish.

Rad etish sabablari


Tizim nosozligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Ko`zda tutilmagan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa