O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini yo'qotgan, o'g'irlatgan va h.kz. bo'lsa, yangi fuqaro pasportini rasmiylashtirish uchun (O'zbekistondan xorijga doimiy yashashga chiqarilgan va Elchixona/Bosh konsulxona konsullik ro'yxatida turadigan fuqarolar uchun) avval shaxsni tasdiqlash uchun hujjatlar taqdim etish tavsiya qilinadi.
Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. 2 nusxada to'ldirilgan elektron Shaxsni tasdiqlash uchun ariza-anketa;
2. yo'qotilgan pasportning nusxasi (mavjud bo'lsa);
3. manzildan chiqish varaqasi (doimiy yashash uchun MDHga chiqib ketgan fuqarolar uchun);
4. chet el mutasaddi tashkilotlari tomonidan pasport yo'qolganini tasdiqlovchi ma'lumotnoma;
5. 2 dona 35 x 45 mm hajimdagi fotosurat;
6. konsullik to'lovlari.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasport rasmiylashtirish tartibi to'g'risida ma'lumot 16 yoshga to'lganlik munosabati bilan:
1. Tug'ilganlik haqida guvohnoma asli, nusxasi bilan;
2. Ota-ona pasportlarining yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlaridan nusxa. (ota-onasidan birining pasportining nusxasini taqdim qilish imkoni bo'lmasa, unda bu holni tasdiqlovchi ma'lum bir hujjat nusxasi, jumladan, o'lim haqida guvohnoma, nikoh bekor qilingani, ichki ishlar organlaridan ushbu shaxsni dom-daraksiz yo'qolgani tan olingani to'g'risidagi ma'lumotnoma va hokazolar).;
3. 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to'ldiriladi)
4. 35 x 45 mm. hajimda 4 dona fotosurat;
5. Arizachi to'g'risida ma'lumot kiritilgan manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nusxasi (MDH mamlakatlari uchun).
6. Ota-onadan biri chet el fuqarosi bo'lsa, ushbu horijiy mamlakat fuqarosining farzandini O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olishiga roziligi haqida legalizatsiya qilingan arizasi (MDH mamlakatlari uchun notariusda tasdiqlangan);
Pasportni yo'qolganligi munosabati bilan:
1. Pasport nusxasi (mavjud bo'lsa);
2. 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to'ldiriladi)
3. 35 x 45 mm. hajimda 4 dona fotosurat;
4. Pasportning yo'qolganlik holatini batafsil bayon qilingan ariza;
5. Arizachi tomonidan to'ldirilgan shaxsni tasdiqlash uchun so'rovnoma anketasi;
6. chet el huquqni himoya qilish organlari tomonidan berilgan arizachining pasport yo'qotilgani borasida murojaat qilgani haqida ma'lumotnomasi;
Familiya, ismi va otasining ismini o'zgartirish munosabati bilan:
1. Pasportning yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlaridan nusxa;
2. 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to'ldiriladi)
3. 35 x 45 mm. hajimdagi 4 dona fotosurat;
4. Arizachini chet elga doimiy yashashga chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat – pasportdagi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan “Doimiy yashashga chiqishga ruxsat berildi” yozuvli stikeri yoki MDH mamlakatlariga doimiy yashashga ketganlar uchun esa manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nusxasi.
Jismoniy shaxslar.
O'zbekiston Respublikasi, 100029, Toshkent shahar, Yunus Rаjаbiy ko`chаsi, 1
Telefon: (+998 71) 233-45-01, +998 (71) 233-38-82, +998 (71) 233-66-46
Veb sayt: www.mvd.uz
E-mail:info@mvd.uz
Pasportni yo'qolganligi munosabati bilan:
1. Pasport nusxasi (mavjud bo'lsa);
2. 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nusxada to'ldiriladi)
3. 35 x 45 mm. hajimda 4 dona fotosurat;
4. Pasportning yo'qolganlik holatini batafsil bayon qilingan ariza;
5. Arizachi tomonidan to'ldirilgan shaxsni tasdiqlash uchun so'rovnoma anketasi;
6. chet el huquqni himoya qilish organlari tomonidan berilgan arizachining pasport yo'qotilgani borasida murojaat qilgani haqida ma'lumotnomasi;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 27 dekabrdagi 624-son qarori
Bepul.
Bir zumda.
Elektron tarzda.
Ma'lumotni olish.
Ko'zda tutilmagan.
Ko'zda tutilmagan.
Yuborilmoqda...