Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ta'lim

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

Bog`lanish

100095, Toshkent shahri 2-Chimboy ko`chasi, 96-uy



Telefon: (998) 71 246-01-95

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Arizachi kvitantsiya blankini yuklab olib to’ldirish kerak va chop etgan holda bank bo’linmasi yoki aholidan to’lov qabul qiladigan kassaga taqdim etgan holda to’lovni amalga oshirish kerak.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash to'g'risida”gi 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Abituriyent hujjatlarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish uchun eng kam oylik ish haqining 15 % miqdorida to'lov amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Xizmatni ko`rsatish muddati


30 kungacha.

Natijani olish usullari


Pochta orqali.

Xizmat natijasi


Xizmat natijasiga ko'ra, arizachi hujjatlar to'plamini buyurtma pochta orqali olishga muvaffaq bo'ladi.

Rad etish sabablari

-Taqdim etilgan hujjatlardagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligi;

-Agarda arizada abituriyentning sharifi (ism yoki otasining ismi) ko'rsatilmagan, yashash manzili to'g'risidagi ma'lumot noto'g'ri bo'lsa yoki pasport nusxasi ilova qilinmagan bo'lsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat yuzasidan qonun doirasida o'rnatilgan tartibda yuqori turuvchi organlarga shikoyat yuborishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa