Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish.
Yagona portalda elektron raqamli imzo orqali ro'yxatdan o'tgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Oʻzbekiston Respublikasi, 100003, Toshkent sh., I.Karimov shox k-si, 3, (99871) 120-76-00, (99871) 120-76-30, (99871) 120-76-59, (99871) 120-76-39, (99871)120-76-10.
Tashqi savdo kontraktlari bo’yicha ma’lumotlar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan kontraktga tegishli ma’lumotlar asosida “E-Kontrakt” maxsus bepul dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirilgan va Davlat soliq qo'mitasi (DSQ) qoshidagi Yangi texnologiyalar ilmiy Markazi (YaTIM) tomonidan berilgan Elektron Raqamli Imzo bilan tasdiqlangan faylni, Yagona portal orqali yuklash yo’li bilan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga taqdim etiladi. Dasturiy ta’minot foydalanuvchilari uchun yo’riqnomani quyidagi havolalar (“E-Kontrakt” havolasi) bo’yicha yuklab olish mumkin.
Tashqi savdo kontraklari bo’yicha ma’lumotlarni ERI bilan tasdiqlangan elektron ko’rinishda "E-KONTRAKT2.3.1" maxsus bepul dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirish uchun, foydalanuvchilar kompyuterlariga Java Runtime Environment dasturiy platformasining 7 yoki yangiroq versiyasini o’rnatishlari zarur.
Ushbu xizmatning natijasida, kontraktlar bo’yicha ma’lumotlar avtomatik ravishda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2014 yil 21 iyulda qabul qilgan qarori.
Xizmat bepul.
48 soat.
Yagona portaldagi kabinetda va elektron pochta orqali.
Xizmat natijasida, kontraktga tegishli ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi, va buni tasdiqlovchi xabar tadbirkorlik subyektiga yetkaziladi.
Xizmat koʻrsatishda quyidagi sabablarga koʻra rad etilishi mumkin:
Foydalanuvchi ko’rsatilgan xizmatdan qoniqmagan hollarda, Yagona portal orqali shikoyat qilishlari mumkin.
“E-Kontrakt” dasturiy ta’minoti yoki xizmatdan foydalanishda muammolar yuzaga kelsa, foydalanuvchilar quyidagi telefonlarga murojaat qilishlari mumkin:
"E-Kontrakt" dasturi bo'yicha |
|
Elektron raqamli imzo bo'yicha | +99871-244-97-54 +99871-244-97-64 |
Texnik mazmundagi masalalar bo'yicha | +99871-120-76-00 (ichki 28-55) |
Yuborilmoqda...