Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Tadbirkorlik subyektlari gaz ta'minoti tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar olishga ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Tadbirkorlik subyektlari gaz ta'minoti tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar olishga ariza yuborish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Tadbirkorlik sub'yektlari – yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar.

Tashkilot

"Uztransgaz" AK

Bog`lanish

«Uztransgaz» aksionerlik kompaniyasi



Manzil: O`zbekston Respublikasi, 100031, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko’chasi, 31а.



Telefon: +99871 239-89-65



Faks: + 99871 239-47-68



E-mail: ak_uztg@mail.ru

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar





Elektron ariza shaklini 4 (qadam) da ko’rsatilgan tartibda to’ldirish va kerakli hujjatlarni joylash:



  1. Tabiiy gazni doimiy yonilg’i sifatida foydalanish vaqti va ko’rsatilgan eng kam talab etilgan bosim haqida to’liq ma’lumot;

  2. Ishlab chiqarish quvvati joylashgan o’rni rejasi;

  3. Ishlab chiqaruvchi zavodning gazdan foydalanuvchi qurilmasi turi va texnik tavsifnomasi haqida ma’lumot;

  4. Litsenziyaga ega loyiha tashkilot tomonidan gazdan foydalanish uchun rejalashtirilgan hajmi haqida bir oy muddatida, bir kun muddatida, bir soat muddatida sarflanadigan zaxira yonilg’isi haqida hisobot.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Xizmat bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.06.2014 yildagi «Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida» №169-sonli qaroriga binoan 3 (uch) ish kuni muddatida amalga oshiriladi.

Natijani olish usullari


Elektron tarzda foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga javob yuboriladi.

Xizmat natijasi


Ijobiy javob: gaz tarmogʻiga ulanishi uchun texnik reja tayyorlash uchun TSh beriladi (gaz ta’minoti faoliyati tizimi rejasini qilish huquqiga ega litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkilotga murojaat etiladi).



Salbiy javob: ko’rsatilgan hujjatlarda yetishmovchilik bo’lganida, ularni bartaraf etish uchun tavsiya beriladi.

Rad etish sabablari




  1. Ariza shakli toʻliqmas yoki notoʻgʻri toʻldirilganda;





  2. Taqdim etilgan ma'lumot ish faoliyatiga tegishli boʻlmaganda;





  3. Qonunlarda belgilangan boshqa cheklanmalar boʻlganida.



Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz ko`rsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa