Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlari uchun "Samarqand Avtomobil Zavodi" MChJ tijorat transporti vositalarini xarid qilish uchun buyurtma yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlari uchun tijorat transporti vositalarini xarid qilish uchun buyurtma yuborish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Transport va yo`lovchi tashish xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

Tashkilot

"O’zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi

Bog`lanish

Oʻzbekiston Respublikasi, 100007, Toshkent sh., Mirzo Ulug`bek koʻchаsi, 30.



Telefon: (+99871) 140-76-50

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Arizachi elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etayotganda, elektron ariza formasida barcha talab etilgan maydonlarga so`ralgan ma’lumotlarni kiritishi lozim.



Shartnoma imzolash paytida xo`jalik subyektining asosiy muhri va ma’lumot to`rtburchak muhri bilan tasdiqlangan quyidagi hujjat nusxalari dilerga taqdim etiladi:



- Rahbar pasporti;



- Xo`jalik subyekti ro`yxatga olinganligi haqida guvohnoma;



- Litsenziya (qonunchilikda ko`zda tutilgan hollarda);



- Mas’ul shaxsning ishga olinganligi to`g`risida buyruq (qonunchilikda ko`zda tutilgan hollarda).

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29 mart 1999-yildagi “O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo`yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 140-sonli Qarori;



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 15 aprel 2014 yildagi PQ-2164-son Qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etish bepul amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Arizani (xatni) ro`yxatga olish, ariza qabul qilingan vaqtdan 5 kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Avtotransport vositasi 2-270 bank ish kuni ichida taqdim etiladi (arizachi avans to`lovini amalga oshirgan vaqtdan boshlab, hamda transport vositasi konstruksiyasi, omborda ehtiyot qismlar va tayyor mahsulotning mavjudligini inobatga olgan holda).

Natijani olish usullari


Arizaning (xatning) ro`yxatga olinganligi haqida elektron ko`rinishdagi bildirgi

Xizmat natijasi


Ushbu xizmatning natijasi boʻlib Yagona portal orqali tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlari uchun tijorat transporti vositalarini xarid qilish maqsadida shartnoma (xat) olish uchun yo`llangan buyurtmani ro`yxatga olish hisoblanadi.

Rad etish sabablari


Arizachi taqdim etgan ma`lumotlarda shubhali va noto`g`ri ma`lumotlar mavjud holatlarda ariza rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachilar, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda, xizmatni taqdim etish belgilangan muddatdan kechiktirilgan taqdirda, diler korxonasi mas’ul xodimining harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa