Tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlari uchun O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun buyurtma yuborish.
Yuridik shaxslar.
Oʻzbekiston Respublikasi, 100007, Toshkent sh., Mirzo Ulug`bek koʻchаsi, 30.
Telefon: (+99871) 140-76-50
Arizachi elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etayotganda, elektron ariza formasida barcha talab etilgan maydonlarga so`ralgan ma’lumotlarni kiritishi lozim.
Ushbu xizmat qo`shimcha hujjatlar va ularning nusxalari taqdim etilishini talab etmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29 mart 1999-yildagi “O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo`yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 140-sonli Qarori;
O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 26-iyul 2004-yildagi “Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to`g`risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1390-sonli Qarori;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 15 aprel 2014 yildagi PQ-2164-son Qarori.
Elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etish bepul amalga oshiriladi.
2004 yil 12 iyuldagi 1390-sonli idoralararo Qarorga muvofiq, yuridik shaxslarga O`zbekistonda yangi ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni sotish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
- qonunchilik bilan belgilangan tartibda, banklardagi yo`qlab olinadigan depozit hisob raqamlaridan pul mablag`larini o`tkazish yo`li bilan;
- O`zbekistonda yangi ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni sotib olish uchun tijorat banklari tarafidan berilgan kreditlar asosida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning kredit hisob raqamlaridan pul mablag`larini o`tkazish yo`li bilan.
"GM-Uzbekistan" AJ transport vositalari ro`yxati va narxlari ushbu ilovada taqdim etilgan.
Arizani (xatni) ro`yxatga olish, ariza qabul qilingan vaqtdan 5 kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasida ko`rsatilgan muddatda taqdim etiladi.
Arizaning (xatning) ro`yxatga olinganligi haqida elektron ko`rinishdagi bildirgi
Ushbu xizmatning natijasi boʻlib Yagona portal orqali tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlari uchun avtotransport vositalarini xarid qilish maqsadida shartnoma (xat) olish uchun yo`llangan buyurtmani ro`yxatga olish hisoblanadi.
Arizachi taqdim etgan ma`lumotlarda shubhali va noto`g`ri ma`lumotlar mavjud holatlarda ariza rad etilishi mumkin.
Arizachilar, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda, xizmatni taqdim etish belgilangan muddatdan kechiktirilgan taqdirda, diler korxonasi mas’ul hodimining xarakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkin.
Yuborilmoqda...