Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulanish uchun texnik shartlar (TSh) olishga elektron ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulanish uchun texnik shartlar (TSh) olishga elektron ariza yuborish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Tadbirkorlik sub'yektlari - jismoniy va yuridik shaxslar hamda II guruh iste’molchilari (issiqlik ta’minoti tashkilotlari; ISKX tashkilotlari; Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari; byudjet tashkilotlari; diniy tashkilotlar; elchixonalar va diplomatik vakolatxonalar; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari; xususiy uy-joy egalari shirkatlari).

Tashkilot

"Suvsoz" Davlat unitar korxonasi ("Suvsoz" DUK)

Bog`lanish

«Suvsoz» DUK


Manzil: Oʻzbekston Respublikasi, 100060, Toshkent sh., Mirobod t-ni, A. Chexov k-si, 2


Telefon: (+998 71) 252-19-56


Faks: (+998 71) 252-19-38


Veb-sayt: www.suvsoz.uz


E-mail: info@suvsoz.uz


Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Elektron ariza shaklini koʻrsatilgan tartibda toʻldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilish zarur:



  1. Arxitektura va qurilish hududiy organlari tomonidan berilgan, obyektning aholi yashash joyi hududiga nisbatan joylashishi aks ettirilgan vaziyat rejasi.

  2. Ulanayotgan obyektning suvdan foydalanish turlari boʻyicha koʻrsatkichlari aks ettirilgan (jumladan, oʻt oʻchirishda ham) suvdan foydalanish va oqova suvni chiqarish balansi.

  3. Kanalizatsiya tizimiga oqizishga moʻljallangan oqova suvlar tarkibi haqidagi ma’lumot.

  4. Imoratning balandligi, qavatlari va qanday maqsadlarda foydalanilishi haqidagi ma’lumotlar.

  5. Subiste’molchilar haqidagi ma’lumotlar.

  6. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (masalan, Toshkent sh. hokimining qurilish uchun ruxsatnomaning berilishi toʻgʻrisida qarori).

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Xizmat bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Arizani koʻrib chiqish va TSh berish 2 ish kuni muddatida amalga oshiriladi.

Natijani olish usullari


Elektron tarzda Yagona portalda foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga javob yuboriladi.

Xizmat natijasi


Ushbu xizmatning natijasi boʻlib, suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish markazlashgan kommunal tizimlariga ulanish uchun TSh arizachiga taqdim etilishi hisoblanadi. Arizachilar mazkur TSh asosida me'yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi. TSh tayyorligi toʻgʻrisida xabar hamda hujjatning oʻzi elektron koʻrinishda ariza taqdim etgan shaxsning Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Rad etish sabablari


  1. Hujjatlar toʻliq ilova qilinmagan yoki xatoliklar mavjud boʻlsa.

  2. Tizimlarning juda bandligi, muhandislik kommunikatsiyalarining obyekt joylashgan hududda yoʻqligi, joyning noqulay relyefi boʻlsa.

  3. Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlari qurilayotgan obyektdan oʻtgan boʻlsa.

  4. Suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlari qurilayotgan obyektda joylashgan va (yoki) ushbu tizimlar yaqin atrofda (obyektdan 5 m gacha) oʻtgan boʻlsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa