Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Gazni hisobga olish priborini o’rnatish uchun elektron ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Gazni hisobga olish priborini o’rnatish uchun elektron ariza yuborish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Uy-joy va kommunal xo'jaligi

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik va jismoniy shaxslar.

Tashkilot

"Uztransgaz" AK

Bog`lanish

«Uztransgaz» aksionerlik kompaniyasi


Manzil: O`zbekston Respublikasi, 100031, Toshkent,sh. Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib, ko’cha. 31а


Telefon: (8 371) 239-89-65


Faks: (+10 99871) 239-47-68


E-mail: ak_uztg@mail.ru

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Gazni hisobga olish pribori o'rnatiladigan bino joylashgan manzili ko'rsatilgan elektron shakldagi ariza to'ldirilishi lozim:



Xizmat ko’rsatish shartlari:



1) Gazni hisobga olish priborining mavjudligi (yangi yoki oldin ishlatilgan)



2) Gazni hisobga olish priborining foydalanishga yaroqlilik haqidagi Davlat metrologiya xizmati sertifikati



3) Arizachi obyektiga gazni hisobga olish pribori o’rnatilgandan so’ng gazni hisobga olish priborining foydalanishga yaroqlilik haqidagi Davlat metrologiya xizmati sertifikati nusxasi gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisiga taqdim etadi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Arizada ko’rsatilgan manzilga mutaxassisning borishi va gazni hisobga olish priborini o’rnatish yoki o’rnatmaslik (sabab ko'rsatiladi) haqida dalolatnoma tuzishi bepul hisoblanadi.



Xizmatlar nomi va ularning narxi:



1. Navbatdagi tekshirishni o'tkazish uchun oldin yechib olingan gazni hisobga olish priborini o’rnatish - xizmat bepul amalga oshiriladi.



2. Navbatdagi tekshirishni o'tkazish uchun oldin yechib olingan gazni hisobga olish pribori o'rniga yangisini o’rnatish:



  • Agar yangi gazni hisobga olish pribori ta'mirlash, sozlash ishlari o'tkazish talab etilmagan taqdirda - xizmat bepul amalga oshiriladi;

  • Agar yangi gazni hisobga olish priborini o'rnatish ta'mirlash, sozlash ishlari o'tkazish talab etilgan taqdirda - gaz ta'minoti tashkiloti tarifida belgilangan miqdorda pul to'lanadi.



3. Navbatdagi tekshiruv o'tkazish, ekspert tekshiruvi yoki yangi gazni hisobga olish priborini o'rnatish uchun yechib olingan gazni hisobga olish priborini o'rnatishda gaz ta'minoti tashkiloti tarifida belgilangan miqdorda pul to'lanadi.



Pullik xizmatlar gaz ta’minoti tashkiloti (boshqa vakolatli organlar, tashkilotlar) va iste'molchi o’rtasidagi tuzilgan shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


5 ish kuni

Natijani olish usullari





Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi

Xizmat natijasi


Viloyat (shahar) gaz ta'minoti tashkiloti arizada ko’rsatilgan manzilga (kuni va vaqti oldindan xabardor etiladi) gazni hisobga olish priborini o’rnatish uchun mutaxassis yuboradi. Mutaxassis gazni hisobga olish priborini o’rnatish yoki o’rnatmaslik haqida 2 nusxada dalolatnoma tuzadi va 1 nusxa dalolatnomani iste'molchiga (yoki vakolatli shaxsga) taqdim etadi.

Rad etish sabablari


  • Ariza shakli to’liq to'ldirilmaganda yoki noto’g’ri to’ldirilganda;

  • Taqdim etilgan ma’lumotlarning haqiqatga to'g'ri kelmasligi;

  • Gazni hisobga olish pribori plombasi butligi buzilganda yoki Davlat metrologiya xizmati sertifikati bo`lmaganda hamda pullik xizmatlar uchun to’lov amalga oshirilmaganda;

  • Qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar mavjud bo’lganda.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi xizmat sifati, rad etish sababi, o'z vaqtida ko'rsatilmagan xizmat, shuningdek davlat muassasi mansabdor shaxsi harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida o'rnatilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa