Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Xorijiy tillarni o’rgatish bo’yicha o’quv kurslarini tashkillashtirish sohasidagi nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish bo'yicha litsenziya olish uchun ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Xorijiy tillarni o’rgatish bo’yicha o’quv kurslarini tashkillashtirish sohasidagi nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash uchun ariza yuborish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxs

Tashkilot

Toshkent shahar hokimligi

Bog`lanish

Manzil: A.Temur shoh ko`chasi, 6


Мo`ljal: Amir Temir hiyoboni


1, 21, 51, 60, 67, 71, 85 avtobuslarning "Toshkent shahar hokimligi" bekati


Metro: "Amir Temur hiyobini"


Tel: (+998 71)233-9069, 233-7980


E-mail: info@tashkent.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;

  • faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan binolarga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligini, shuningdek mazkur binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • yong'in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong'in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiena normalariga muvofiqligi to'g'risidagi xulosalari;

  • nodavlat ta'lim muassasasi ustavining nusxasi;

  • o'quv rejalari va dasturlari;

  • chet tillarga o'qitgan hollarda pedagogik kadrlar to'g'risida ma'lumot (ma'lumoti to'g'risidagi hujjatlarning nusxasi

  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi to'g'risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatining nusxalari);

  • o'quv jarayonini ta'minlash uchun zarur bo'lgan moddiy vositalarning (yoki ularni moliyalashtirishning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanganidek, litsenziya da'vogari arizasini ko'rib chiqqanlik uchun ikki marta eng kam ish haqi miqdorida to'lov olinadi



Yig’ilgan summa litsenziantning arizasini ko’rib chiqish uchun Toshkent shahar hokimiyati hisobiga o’tkaziladi

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya da'vogariga litsenziya berish yoki bermaslik qarorining qabul qilish muddati talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab o’ttiz kundan oshmasligi kerak

Natijani olish usullari


Javob Toshkent shahar yoki tuman hokimiyati javobgar shaxsi tomonidan elektron shaklda Yagona portaldan ro'yxatdan o'tilayotganda ko'rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Litsenziya berishni rad etilganligi yoki litsenziya berish haqidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi javob qabul qilinishi

Rad etish sabablari


Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida» gi O’bekiston Respulikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi ishchi organning qarori ustidan, shuningdek mansabdorning xatti-harakatlari tartibi ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa