Xizmat haqida
"O'zstandart" Agentligi "Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" DK va uning hududiy bo'linmalariga O'zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirish va shartnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish.
Xizmatning sohaga tegishliligi
Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Tashkilot
Bog`lanish
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100049, Toshkent sh., Forobiy ko'chasi, 333 a..
Telefon: +998 (71) 150-63-53
Faks: +998 (71) 150-19-16
E-mail: sertcenter@standart.uz, info@rssm.uz
Veb sayt: www.rssm.uz
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar
Olib kirilayotgan mahsulot bo'yicha arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo'yicha normativ hujjatning nusxasi (agar mavjud bo'lsa).
- Mahsulot markirovkasining namunasi yoki mahsulot haqida ma'lumot.
- O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelganlik to'g'risida belgi qo'yilgan tovarni kuzatib boruvchi hujjat nusxasi (tovar-transport nakladnoyi, invoys, hisob-faktura).
- Davlat sanitar tekshiruvi organining laboratoriyasida o'tkazilgan sinov natijalarini o'zida jamlaydigan gigiyenik sertifikatining nusxasi (agar mavjud bo'lsa) va normativ hujjatlarda belgilangan boshqa talablar to'g'risida ma'lumotlar (veterinar va fitosanitar xulosa, ekologiya sertifikati).
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo'yicha arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo'yicha normativ hujjatning nusxasi.
- Mahsulot markirovkasining namunasi (mahsulot haqida ma'lumot).
- Davlat sanitar tekshiruvi organining laboratoriyasida o'tkazilgan sinov natijalarini o'zida jamlaydigan gigiyenik sertifikatining nusxasi (agar mavjud bo'lsa) va normativ hujjatlarda belgilangan boshqa talablar to'g'risida ma'lumotlar (veterinar va fitosanitar xulosa, ekologiya sertifikati).
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
Xizmat narxi va to`lash tartibi
Shartnomaga asosan.
Xizmatni ko`rsatish muddati
2 ish kuni ichida arizachi shartnoma loyihasini oladi.
Natijani olish usullari
Shartnoma Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.
Xizmat natijasi
Shartnoma olish.
Rad etish sabablari
- Sertifikatlashtirish uchun nomzod etib tayinlangan mahsulot ushbu sertifikatlashtirish organining akkreditatsiyalash sohasiga tegishli bo'lmasa.
- Ariza noto'g'ri to'ldirilgan yoki hujjatlar to'liq taqdim etlmagan bo'lsa.
- O'zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimi talablariga muvofiq seriyalab yoki partiyalab ishlab chiqariladigan mahsulotning normativ hujjati bo'lmasa.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.