Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Muvofiqlik sertifikatini tan olish uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


"O'zstandart" Agentligi "Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" DK va uning hududiy bo'linmalariga muvofiqlik sertifikatini tan olish uchun elektron ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi





Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Tashkilot

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100049, Toshkent sh., Forobiy ko'chasi, 333 a.


Telefon: +998 (71) 150-63-53


Faks: +998 (71) 150-19-16


E-mail: sertcenter@standart.uz, info@rssm.uz


Veb sayt: www.rssm.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Notarial organ yoki sertifikatni bergan organ yohud sertifikatni asl nusxasi egasining muhr bilan tasdiqlangan sertifikati asli yoki uning nusxasi.

  • Mahsulot markirovkasining namunasi (mahsulot haqida ma'lumot).

  • O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelganlik to'g'risida belgi qo'yilgan tovarni kuzatib boruvchi hujjat nusxasi (tovar-transport nakladnoyi, invoys, hisob-faktura).

  • Davlat sanitar tekshiruvi organining laboratoriyasida o'tkazilgan sinov natijalarini o'zida jamlaydigan gigiyenik sertifikatining nusxasi (agar mavjud bo'lsa) va me'yoriy hujjatlarda belgilangan boshqa talablar to'g'risida ma'lumotlar (veterinar va fitosanitar xulosa, ekologiya sertifikati).

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Shartnomaga asosan

Xizmatni ko`rsatish muddati





2 ish kuni ichida arizachi shartnoma loyihasini oladi.

Natijani olish usullari





Shartnoma Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi





Shartnoma olish.

Rad etish sabablari


• Ariza noto'g'ri to'ldirilgan yoki hujjatlar to'liq taqdim etilmagan bo'lsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi





Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa