Xizmat haqida
Yangi yoki rekonstruktsiyalangan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnomalar olish uchun elektron ariza taqdim etish.
Xizmatning sohaga tegishliligi
Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Arizachilar - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Tashkilot
O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo`yicha Davlat inspeksiyasi
Bog`lanish
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Istiqlol k-si, 6-uy.
Telefon: +998 (71) 233-02-86, 233-65-82
Faks: +998 (71) 236-33-50
E-mail: info@energonazorat.uz
Veb sayt: www.energonazorat.uz
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar
Elektr qurilmalari uchun:
- Elelktr qurilmalarining ulanishi uchun texnik shartlar.
- Belgilangan tartibda kelishilgan elektr ta'minoti loyihasi.
- Iste'molchining elektr xo'jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan imzolangan ob'yekt elektr ta'minotining bir chiziqli sxemasi.
- Montaj tashkiloti bilan iste'molchi o'rtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
- Elektr qurilmalari uchun muvofiqlik sertifikati.
- Mavjud himoya vositalari (ular sinovdan o'tkazilganligi to'g'risidagi bayonnomalar bilan birgalikda yong'in o'chirish jihozlari, texnika xavfsizligi bo'yicha plakatlar.
- Elektr qurilmalari tuzilishi qoidalarining I bo'limi 1.8-bandida nazarda tutilgan elektr qurilmalarini qabul qilish-topshirish sinovlarining bayonnomalari.
- Asosiy elektr uskunalarining pasportlari.
- Elektr xo'jaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash to'g'risidagi buyruq.
- Ijro sxemalari, yer osti ishlarining dalolatnomalari.
- Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmatiga iste'molchi nomidan elektr qurilmalarini ulash va o'chirish uchun buyurtmanoma berish huquqiga ega bo'lgan tezkor va tezkor-ta'mirlash xodimlarining ro'yxati (F.I.Sh., lavozimi, elektr xavfsizligi bo'yicha malaka guruhi, telefon raqamlari).
- Tarmoqlariga ulanilayotgan korxona va tashkilot bilan kelishilgan elektr qurilmalarini ulash dasturi (35 кV va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini ulashda).
Sinovlarni (o'lchashlarni) o'tkazish elektr qurilmalari uchun:
- Tarkibida elektr-texnik laboratoriya (ETL) faoliyat ko‘rsatayotgan iste’molchi korxona va tashkilot Ustavining (Nizomining) notarial tasdiqlangan nusxasi.
- ETLni tashkil etish va uning rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
- ETL mutaxassislari va ishchilarining lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari qoidalarini bilishini tekshirish bo‘yicha komissiyani tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
- Korxona va tashkilotning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsni hamda ushbu korxona va tashkilot tarkibida ETL bo‘lganda uning o‘rnini bosuvchi shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
- ETLning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
- ETL xodimlariga sinovlar (o‘lchashlar) dalolatnomalarini, bayonnomalarini imzolash huquqini berish to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi.
- "O‘zstandart" Agentligi tomonidan vakil qilingan tashkilot tomonidan berilgan va agentlikning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ETLni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
- O‘lchash vositalarini qiyoslash va sinash qurilmalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar.
- Sinovlarni (o‘lchashlarni) o‘tkazish metodikasi (dasturlar).
- ETL xodimlarini, ularga sinovlar (o‘lchashlar) bo‘yicha maxsus ishlarni bajarishga ruxsatnoma bergan holda xodimlar bilimlarini oxirgi tekshirish bayonnomalarining (jurnallardagi yozuvlarning) nusxalari.
- ETLda himoya vositalarini hisobga olish, ular o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash va tashkil etish, ularni saqlash uchun javobgar shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi farmoyish.
- Ishlab chiqarishda sinovlarni (o‘lchashlarni) o‘tkazishda qo‘llaniladigan himoya vositalarining tasdiqlangan ro‘yxati.
- Korxona va tashkilotning nomi to‘liq yozilgan, rahbarning imzo qo‘yishi joy va muhr uchun joy bo‘lgan titul varaq tarkibida sinovlar (o‘lchashlar) o‘tkazilganligi to‘g‘risida ariza beruvchining texnik hisoboti, shuningdek ETL boshlig‘ining imzo qo‘yishi uchun joy bo‘lgan texnik hisobot mazmunining shakli.
- Xodimlarning buyurtma berilgan ishlar turlari bo‘yicha malakasi.
- Texnik hujjatlar (sinovlar (o‘lchashlar) dalolatnomalari, bayonnomalarining blankalari, ularni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (kamida ikki nafar) imzolari qo‘yilishi uchun joy va ETLning to‘rt burchakli muhri bosilishi uchun joy bo‘lishi lozim).
- ETLning joriy faoliyati bo‘yicha hujjatlar (buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, sinovlar (o‘lchashlar)ning tuzilgan bayonnomalarini berishni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnallari.
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
Xizmat narxi va to`lash tartibi
Bepul.
Xizmatni ko`rsatish muddati
20 ish kuni.
Natijani olish usullari
Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.
Xizmat natijasi
Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma olish va korxona yoki tashkilotlarning elektr tarmoqlariga elektr qurilmalarni ulash huquqini taqdim etish.
Rad etish sabablari
- Hujjatlar o'rnatilgan talablarga javob bermasligi (to'liq bo'lmagan ro'yxat, xato to'ldirish).
- Ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi.
- Ruxsatnomani olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar to'liq bo'lmagan hajmda taqdim etilishi.
- Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo'lmagan yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar borligi.
- Ruxsat berish tartib-taomillariga muvofiq o'tkazilishi majburiy hisoblangan o'rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning natijalari bo'yicha asoslangan salbiy xulosa.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.