Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Tug'ilganlikni qayd etish uchun Toshkent shahri Sergeli tumani fuqarolik holati dalolatnomasini yozish organi (FHDYo)ga ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida





Tug'ilganlikni qayd etish uchun Sergeli tumani FHDYo organiga ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Fuqarolik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Sergeli tumanida propiskaga ega bo'lgan ota-ona (yoki ulardan biri) yoki Sergeli tumanida tug'ilgan farzand - jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Bog`lanish

Sergeli tumani FHDYo organi

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100085, Toshkent sh.,

Sergeli t-ni, Sergeli-8, A.Ahmatova k-si, 1-uy.

Telefon +998 (71) 215-04-95

Faks: +998 (71) 233-48-44

E-mail: info@minjust.gov.uz

Veb sayt: www.minjust.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Farzand tug'ilganligi to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma.

  • Ota-onalarning pasportlari (barcha varaqlari skanerlangan bo'lishi lozim) yoki ularning o'rnini bosuvchi hujjatlar.

  • Nikoh tuzilganligi to'g'risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza.





Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig'imi miqdorini tasdiqlash to'g'risida" 2012-yil 25-apreldagi 119-son qaroriga ko'ra tug'ilganlik qayd etilganligi haqidagi gerbli guvohnomani berish uchun gerb boji miqdori mamlakatimizda belgilangan eng kam oylik ish haqining 15 foizini tashkil etadi. To'lov shaxsan murojaat etilgan vaqt amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


1 ish kuni.

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Ota-onalarga bola tug'ilganligini qayd etish uchun navbatdan tashqari, FHDYo organi mudiri qabuliga yo'llanma berish to'g'risida xabarnomani olish.



Xabarnoma olinganidan so'ng arizachi FHDYo organiga hujjatlarning asl nusxalari bilan shaxsan murojaat etadi va to'lovni amalga oshiradi.

Rad etish sabablari


  • Ota-onaning ikkalasida ham Sergeli tumani hududida propiska mavjud bo'lmasa yoki farzand Sergeli tumani hududida tug'ilmagan bo'lsa.

  • Zarur bo'lgan hujjatlar mavjud bo'lmasa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa