Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

Toshkent shahar hokimligi

Bog`lanish

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.

  • Ruxsat guvohnomasini olish uchun ariza berilgan paytda shaharlarda — eng kam oylik ish haqining kamida 100 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi. Ustav fondi pul mablag‘larida shakllantirilgan taqdirda tasdiqlovchi hujjat xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav fondi boshqa mol-mulk bilan shakllantirilgan taqdirda yuridik shaxs ushbu mol-mulkka egalik huquqi, uning qiymati va u ustav fondiga qo‘shilganligi haqidagi tasdiqnomani taqdim etadi.

  • Chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan bank hujjatining nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2007 yil 16 martdagi 605-son qaroriga binoan yig'im undiriladi.



Xizmatni ko`rsatish muddati


Xizmatni koʻrsatish muddati 15 kun.

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro`yxatdan o`tishda ko`rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.





Xizmat natijasi


Arizachiga alkogol maxsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish haqida habarnoma berish.

Rad etish sabablari


Ruxsat guvohnomasini berish uchun zarur hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmasligi.



Ariza beruvchining alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun belgilangan talablarga muvofiq emasligi.



Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Noqonuniy rad etilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda koʻrsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi boʻlmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.



Murojaatni koʻrib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni koʻrib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa