Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!

Xizmat haqida


Ko'chma savdoga ruxsatnoma.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

Toshkent shahar hokimligi

Bog`lanish

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Tuman (shahar) hududida ko‘chma savdoning tasdiqlangan joylashish sxemasiga muvofiq ko‘chma savdo ob’yekti joylashishi sxemasi.



Ko‘chma savdo davri ko‘rsatilgan holda ko‘chma savdo ob’yektlari orqali sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlarning tasdiqlangan ro‘yxati asosida sotiladigan tovarlar ro‘yxati.



Xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan berilgan bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminali mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


  • Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish uchun yig'im undirilmaydi.

  • Ruxsatnoma berish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2016 yil 13 iyuldagi 233-son qaroriga binoan quyidagi miqdorda yig'im undiriladi: eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida — Toshkent shahrida ko‘chma savdo qilishda. Boshqa aholi punktlarida ko‘chma savdo qilishda ruxsatnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


3 ish kuni.



Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro`yxatdan o`tishda ko`rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Arizachiga ko`chma savdo faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma berish haqida xabarnomani yoki rad javobini yuborish.

Rad etish sabablari


Ruxsatnoma berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmasligi.



Ariza beruvchining ruxsat beruvchi talablar va shartlarga nomuvofiqligi.



Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi.



Agar ko‘chma savdoning ariza berilgan joyiga boshqa yuridik shaxsga ruxsatnoma berilgan bo‘lsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Noqonuniy rad etilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda koʻrsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi boʻlmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.



Murojaatni koʻrib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni koʻrib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.



Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa