Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish.
Yuridik va jismoniy shaxslar.
Manzil: Shayxontoxur tumani, Abay ko’chasi, 2 uy
Telefon: +998 (71) 244-05-05, +998 (71) 244-15-95
Faks: +998 (71) 244-05-76
E-mail: info@davarx.uz
Veb sayt: www.davarx.uz
Ariza ko'rib chiqilganligi uchun yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Mas'ul organ tomonidan ruxsatnoma berish to'g'risidasgi arizani ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2016 yil 9 martdagi 70-son qaroriga binoan quyidagi miqdorda yig'im undiriladi: Nukus shaxri va viloyat markazlaridaneng kam oylik ish haqining 10% miqdorida; Toshkent shahridan eng kam oylik ish haqining 20% miqdorida; Viloyatlardagi tuman va shahar hududlaridan eng kam oylik ish haqining 30% miqdorida yig‘im undirilmaydi.
Mas'ul organ ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani 6 kundan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqadi.
Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro`yxatdan o`tishda ko`rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.
Arizachiga obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilishga ruxsatnoma olish to'g'risida xabardor qilish.
Noqonuniy rad etilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda koʻrsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.
Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi boʻlmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Murojaatni koʻrib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni koʻrib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.
Yuborilmoqda...