Xizmat qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat yuritish uchun litsenziyalar to'g'risida ma'lumotlar toplami ko'rinishda.
Jismoniy va yuridik shaxslar.
Manzil: Toshkent sh.., 100047 Buxoro ko`chasi 10
Telefon: (8-371) 236-06-35
Faks: (+998 71) 232-07-31
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) litsenziya berish to'g'risida quyidagilar ko'rsatilgan holdagi ariza: - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasida talab qilib olinadigan depozit hisob raqamining tartib raqami; - litsenziya talabgori qimmatli qog'ozlar bozorida amalga oshirish niyatida bo'lgan kasbiy faoliyat. b) yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi; v) litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko'rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat; g) ro'yxatdan o'tkazilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar bilan birga ta'sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari; d) soliq organining belgisi va oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot bilan birgalikda buxgalteriya balansi nusxasi; e) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq oxirgi hisobot sanasiga o'z mablag'lari (sarmoyasi) miqdori hisob-kitobi; j) litsenziya talabgori bo'lgan (investitsiya fondlaridan tashqari) rahbari va xodimlarining litsenziyalovchi organning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan litsenziya talabgori bo'lgan yuridik shaxsning ular doimiy asosda ishga qabul qilinganligi to'g'risidagi hujjatlarning nusxalari, shuningdek yakka holda ijro etuvchi organ funktsiyasini amalga oshiruvchi shaxslarning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari; z) axborotni saqlash, muhofaza qilish va tiklash tartibi, shu jumladan talabgor tomonidan tasdiqlangan maxfiy axborotidan nohuquqiy foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ro'yxati; i) qimmatli qog'ozlar bozorida kasbiy faoliyatning litsenziyalash uchun talab etiladigan mazkur Nizomning 10—15-bandlarida sanab o'tilgan boshqa hujjatlar. l) Ichki nazorat to'g'risidagi Nizomning nusxasi.
— Investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) talabgor tomonidan tasdiqlangan Qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari nusxasi; b) talabgor tomonidan tasdiqlangan Mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya vositachisi (investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi)ning xatti-harakatlari tartibi nusxasi; — Investitsiya fondi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o'rtasida kontrakt tuzilganligi to'g'risidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi; b) investitsiya fondi bilan Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi o'rtasida kontrakt tuzilganligi to'g'risidagi nusxa;
— Depozitar faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) mijozlarga xizmat ko'rsatish tartibi; b) litsenziyalovchi organning talablariga muvofiq bo'lgan depozitar faoliyatni amalga oshirishga qo'yiladigan ichki tartib; v) depozitar faoliyatni amalga oshirishga o'z dasturiy vositasi mavjud bo'lgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi mazkur dasturiy vositani yoki guvohnoma nusxasini sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar faoliyatni amalga oshirish bo'yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi; g) depozitar faoliyatni amalga oshirish bo'yicha dasturiy ta'minotning texnik tavsifi; d) depozitar faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari ko'rsatilgan holdagi ro'yxati;
e) dasturiy ta'minot va texnik vositalarning depozitariylarning dasturiy-texnik komplekslariga qo'yiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qog'ozlar bozori professional qatnashchilari bilan elektron o'zaro hamkorlikka tayyorligi to'g'risida Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining xulosasi. — Qimmatli qog'ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatasi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan hisob-kitob-kliring faoliyatini amalga oshirish bo'yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi yoki hisob-kitob-kliring faoliyatini amalga oshirish bo'yicha o'z dasturiy vositasi mavjud bo'lgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi; b) tegishli dasturiy ta'minotning texnik tavsifi; v) hisob-kitob va kliringni amalga oshirish (kliring xizmati ko'rsatish) qoidalari.
— Qimmatli qog'ozlar bozorida transfer agent sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) transfer-agent reglamenti; b) transfer-agent xizmati ko'rsatish to'g'risidagi namunaviy shartnoma.
— Qimmatli qog'ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan birjadan tashqari savdoni tashkil etish bo'yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi yoki o'z dasturiy vositasi mavjud bo'lgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi; b) tegishli dasturiy ta'minotning texnik tavsifi; v) o'z ichiga qimmatli qog'ozlarni muomalaga qo'yish va muomaladan chiqarish tartib-qoidalari, qimmatli qog'ozlar narxlari kotirovkasi to'g'risidagi qoidalarni o'z ichiga oluvchi Qimmatli qog'ozlar savdosi qoidalari; g) indekslar hisob-kitobi metodikasi; d) qimmatli qog'ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qatnashchilarni qo'yish tartibi; e) axborotni oshkor qilish tartibi; j) narxlar bilan nayrang qilishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ro'yxat.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-sonli qarori;
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli qarori.
Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to'rt baravari miqdorida yoki qimmatli qog'ozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq qismiga bir vaqtda litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Bir lahzada.
shaxsan; qonuniy vakil orqali; pochta orqali; elektron ko'rinishda.
Ma'lumot berish.
Ko'zda tutilmagan.
QQBFMNMga xat.
Yuborilmoqda...