Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to’g’risida ma'lumot
Xizmat pasporti

Mualliflik huquqi (xalqaro amaliyotda - «copyright») ijodiy faoliyat natijasi hisoblangan va ob’ektiv shaklda ifodalangan ilmiy, adabiy va san’at asarlariga tarqatiladi.

Muallifga asardan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquq va unga o‘zgartirishlar kiritishdan himoya qilish huquqi (asarning dahlsizligi huquqi) tegishlidir.

Ba’zi hollarda, masalan, ilmiy yoki ta’lim maqsadlarida, muallifning nomi va olingan manbasi albatta ko‘rsatilgan holda asardan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Mualliflik huquqi vujudga kelishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilish talab qilinmaydi. Mualliflik huquqi asarga uchinchi shaxslar tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan biron bir ob’ektiv shakl berilgan vaqtdan boshlab chiqarilishidan qattiy nazar amal qila boshlaydi. Og‘zaki asarlarga mualliflik huquqi asar uchinchi shaxslar tomonidan ma’lum qilingan vaqtdan e’tiboran amal qila boshlaydi.

Shuni e’tiborga olish lozimki, mualliflik huquqi aynan g‘oyalarni ifodalash shaklini muhofaza qiladi, ammo g‘oyalarning o‘zini emas. Masalan, biron−bir shaxs texnika jurnalida mutloq yangicha bo‘lgan uchish apparatini qanday qilib qurish mumkinligi to‘g‘risida o‘z maqolasini e’lon qildi deylik. Agar maqola muallifi ushbu ixtironi patentlamagan bo‘lsa, boshqa bir shaxs bunday apparatni qurish uchun uning g‘oyalaridan foydalanishi mumkin.

Turdosh huquqlar postanovkalarga, ijrolarga, ijrolarning yozuvlariga, ko‘rsatuvlar,eshittirishlarni efir va kabel orqali uzatish tashkilotlarining ko‘rsatuv va eshittirishlariga tarqatiladi.

Ijrolarga bo‘lgan huquqlar ijro etuvchilar – artistlar, sahnalashtiruvchi rejisserlar, dirijerlar va ularning merosxo‘rlariga tegishli bo‘lvadi.

Bunday ijrolardan foydalanish huquqi boshqa huquq vorislariga o‘tishi mumkin. Ijro yozuviga bo‘lgan huquq bunday yozuvni yaratgan shaxsga yoki uning huquq vorisiga tegishlidir.

Translatsiyaga bo‘lgan huquq ko‘rsatuv/eshittirishni yaratgan efirga uzatish tashkilotlariga tegishlidir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa