Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Oilalar uchun mavjud ijtimoiy nafaqalar haqida ma'lumot taqdim etish
Xizmat pasporti

Bola ikki yoshga to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha nafaqa, 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi haqida ma’lumot

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qaroriga asosan, Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibini belgilaydi.

Nafaqa tayinlash shartlari:

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to’lanadi.

Bola parvarishi bo’yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo’lgan taqdirda uni olgan shaxs to’lovlarning avvalgi o’n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to’lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to’lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda fuqarolar yig’iniga takroran murojaat etish huquqiga ega.

Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:

  • ota-onasining ikkisini ham yo’qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug’ullanayotgan oilalar;
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo’lgan oilalar;
  • 14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
  • nogiron bolasi (bolalari) bo’lgan oilalar;
  • bolani (bolalarni) to’liq bo’lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). Bunda bolaning amalda to’liq bo’lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi belgilaydi;
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda turgan oilalar;
  • yolg’iz pensionerlar.

Murojaat qilish tartibi:

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to’lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko’rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig’i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi.

Arizalarni ko’rib chiqish tartibi:

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi ariza uch bosqichda ko’rib chiqiladi.

Oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlash:

Oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo’lingan holda aniqlanadi.

Oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganish:

Maxsus komissiya ariza beruvchining yashash joyiga chiqqan holda oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganib chiqadi.

Oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganish natijalariga ko’ra maxsus komissiya oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganish dalolatnomasini tuzadi.

Fuqarolar yig’ini tomonidan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risida qaror qabul qilish:

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish to’g’risidagi qaror fuqarolar yig’ini (Komissiya) tomonidan ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi.

Agar fuqarolar yig’ini ishtirokchilarining (Komissiya a’zolarining) oddiy ko’pchiligi qarorni yoqlab ovoz bersa u qabul qilingan hisoblanadi.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam to’lash:

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to’lanadi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi kotibi har oyda oyning oxirgi kunidan kechikmay, fuqarolar yig’inining (Komissiyaning) qarori bayonnomasi asosida oluvchining familiyasi, pasport raqami, shuningdek to’lanishi kerak bo’lgan summani ko’rsatgan holda tegishli nafaqa va moddiy yordam to’lashga vedomost tuzadi. Vedomostlar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining imzosi va muhr hamda ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtirish tartibi:

Tegishli nafaqalar va moddiy yordamni to’lash Xalq bankining bo’linmalarida (filiallarida) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettirilgan holda mahalliy byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

Nafaqa va moddiy yordamning har bir turi uchun alohida maxsus bank hisob raqamlari ochiladi.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash Sxemasi.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa